AqliTizim IT Solutions & Automation

Maxfiylik siyosati (Privacy Policy)

Ushbu hujjat AqliTizim veb-saytida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash tartibini tushuntiradi.

1. Qaysi ma’lumotlar yig‘iladi

Kontakt forma orqali yuborilgan ism, telefon raqam, kompaniya nomi, xizmat turi va izoh ma’lumotlari yig‘ilishi mumkin.

2. Maqsad

Ma’lumotlar faqat siz bilan bog‘lanish, texnik konsultatsiya berish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taklif tayyorlash uchun ishlatiladi.

3. Uchinchi tomonlarga berish

Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va tarqatilmaydi. Faqat xizmatni bajarish uchun zarur bo‘lsa (masalan, hosting/pochta provayderi), minimal texnik darajada uzatilishi mumkin.

4. Saqlash muddati

Ma’lumotlar so‘rovni ko‘rib chiqish va kelishuv yakunlangunga qadar saqlanishi mumkin. Siz xohlasangiz, o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.

5. Xavfsizlik

AqliTizim ma’lumotlarni himoyalash uchun texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi: ruxsatlar, loglar, zaxira nusxa, HTTPS va boshqa.

6. Cookies

Sayt minimal analitika yoki texnik cookies ishlatishi mumkin (til tanlovi kabi). Maxfiy ma’lumotlar cookies’da saqlanmaydi.

7. Bog‘lanish

Maxfiylik bo‘yicha savollar uchun: info@aqlitizim.uz